2019-yilda jami 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 428 ta anjuman, jumladan xalqaro miqyosida 137 ta, respublika miqyosida 291 ta o‘tkazilishi rejalashtirilgan (anjumanlar ro‘yxati), deya xabar qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlarda yetakchi xorijiy davlatlarning mingdan ortiq nufuzli olim va mutaxassislari ma’ruza va amaliy tavsiyalar bilan ishtirok etishlari kutilmoqda. Vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkaziladigan anjumanlarning yakuni bo‘yicha qabul qilingan iqtisodiyotning tegishli tarmoq va sohalariga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

O‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarga sohaning nufuzli xorijlik mutaxassislari, jumladan xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlar jalb etiladi, anjumanlar doirasida ma’ruzalar, mavzuli seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi anjumanlarning natijadorligini baholash va tahliliy hisobot tayyorlash uchun mas’ul hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda jami 253 ta jumladan 79 ta xalqaro, 174 ta respublika miqyosida ilmiy va ilmiy texnik anjumanlar o‘tkazilgan.