Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxt logotipini (sayyohlik brendini) tasdiqladi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Birgalikda «T» harfini hosil qiluvchi ochiq holdagi oltin darvoza va moviy osmon Toshkent hokimiyati va shahar ma’muriyati huzuridagi jamoatchilik kengashi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topilgan edi.

Poytaxtning yangi logotipi O‘zbekiston va xorijda o‘tkaziluvchi sayyohlik ko‘rgazmalari, savdo yarmarkalari va boshqa tadbirlar, turistik ob’ektlar, xaritalar va boshqa bosma va elektron materiallar, suvenirlar, kiyimlar va boshqa mahsulotlar, shuningdek Toshkent turizmiga bag‘ishlangan reklama, videorolik va teledasturlarda qo‘llaniladi.

Poytaxt brendini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov kuzda o‘tkazilgan, biroq unga tayyorgarlik iyulda boshlangan edi. Tanlov komissiyasi tarkibidan jamoatchilik kengashi a’zolari, O‘zbekiston, Rossiya, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida tajribaga ega marketing, trending, dizayn sohalaridagi mutaxassislar o‘rin oldi.

Logotip konsepsiyasi asosida Toshkentning mehmondo‘stligi va ochiqligi (darvoza), shuningdek farovonlik va xotirjamlik (musaffo osmon) g‘oyalari yotadi. Belgining o‘ziga xosligi shundaki, u oson va qulay moslasha oladi, rangi va jumladan o‘zidagi mavzuli naqshlar, tasvir va shakllar o‘zgarishi mumkin. Bu uni har qanday shahar muhiti va har qanday hodisaga moslashtirishga xizmat qiladi.