Musobaqada qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bahslarning dastlabki kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Nikita Rafalovich (-74 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qizlardan Svetlana Osipova (+73 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Charos Qayumova finalgacha yetib borib (-53 kg) kumush medalga ega chiqdi. Madina Mannopova (-49 kg) va Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medali sohibasiga aylandi.

Musobaqa davom etmoqda. Mazkur turnir nihoyasiga yetgach taekvondochilar Eronning o‘zida «Fajr Open» reyting musobaqasida ishtirok etadi.