Joriy yilning 27 fevral kuni Samarqand shahrida xususiy tadbirkor hamda turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida turistik yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Ushbu yo‘l ko‘rsatkichlarini dastlabki bosqichda shaharning serqatnov ko‘chalari, xususan, Ibn Sino va Dahbed, Universitet xiyoboni va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishmasidagi nuqtalarda o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatishdan maqsad — viloyatga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun qulaylik yaratishdir. Kelgusida Samarqandning barcha tarixiy obidalari va madaniy markazlari yonida shu kabi belgilarni o‘rnatish rejalashtirilgan, deyiladi Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabarida.