Oliy Majlis Senati o‘n sakkizinchi yalpi majlisida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev investitsya loyihalari haqida ma’lumot berdi.

«2019 yilgi investitsiya dasturi asosida barcha manbalar hisobidan 112,2 trillion so‘mlikdan ziyod yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda.

Mazkur kapital qo‘yilmalarining 34 trillion so‘mlikdan ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

Qolaversa, mamlakatimiz yil boshidayoq ushbu yo‘nalish dagi olamshumul yutuqqa erishib, o‘zining moliyaviy tarixidagi yangi sahifasini ochdi: 13 fevral kuni O‘zbekiston ilk bor 1 milliard dollarlik davlat obligatsiyalarini London fond birjasiga muvaffaqiyatli joylashtirdi.

Natijada mamlakatimizning davlat xalqaro yevrobondlariga talab 8 milliard dollardan oshib ketdi", — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.