O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirish va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhokama qilinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qonun 9 moddadan iborat bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2 ta konstitutsiyaviy qonun va 4 ta qonunning tegishli moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda.

Jumladan, mazkur hujjat bilan davlat hokimiyati organlarining javobgarligi kuchayadi, hukumat a’zolarining parlament oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi. Bu esa ijro va qonunchilik hokimiyati o‘rtasida «manfaatlar muvozanatini saqlash» tamoyilini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.