Chorshanba kuni Hindiston va Pokiston chegarasidagi ziddiyatlar tufayli Mumbay, Dehli, Singapur va Bangkokdan Toshkentga amalga oshirilgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reyslari Toshkent vaqti bilan 00:30 ga qadar kechiktirildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati Telegram-kanalida xabar qildi.

Marshrutlar o‘zgargani tufayli parvozlar vaqti ham uzaydi. Parvozlar vaqtini Toshkent aeroportidan yoki aviakompaniya saytidan aniqlashtirib olish mumkin.

Avvalroq kompaniya Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro sababli Hindiston, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari shaharlariga aviaqatnovlar jadvaliga o‘zgartishlar kiritilishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Kecha ertalab Uzbekistan Airways kompaniyasining Toshkent-Amritsar reysi samolyoti Pokiston va Hindiston ustida nranzit parvozlar yopilgani sababli uchish punktiga qaytgan edi.