2019 yil davomida «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 200 tadan ziyod yangi avtobuslar keltirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 28 fevral kuni shundan 30 ta katta sig‘imdagi «MAN» rusumli avtobuslar olib kelindi.

Keltirilayotgan avtobuslar yo‘lovchi oqimi, shuningdek, aholi talabidan kelib chiqib yo‘nalishlarga biriktiriladi. Shu tariqa harakat tarkibi yangilanib boradi.