«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Navro‘z bayrami nishonlanadigan 21−24 mart kunlarida ichki reyslarga chegirmalar joriy etilishini e’lon qildi.

Quyidagi shaxslarga bayram chegirmalari taqdim etiladi:

  • Pensionerlar, nogironlar, 1941−1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar- 50 foiz;
  • maktab o‘quvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, MV, DXX, SDQ, DBQ va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari (guvohnomalar taqdim etilganda) — 15 foiz;
  • Oilalar (ikki kishidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bolalari; 18 yoshgacha farzandi bilan ota yoki ona, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda) — 15 foiz;
  • Jamoalar (4 va undan ortiq kishi) — 15 foiz.

Afrosiyob tezyurar elektropoyezdlarining barcha toifadagi yo‘lovchilariga 10 foizlik chegirmalar taqdim etiladi.