O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishini huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev hisoblab chiqdi va o‘zining telegramdagi kanali orqali e’lon qildi.

2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli prezident farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.

Mazkur farmon asosida mart oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjud.

Eng avvalo haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta’sir qilishini unutmaslik kerak. Ya’ni 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olishadi.

Masalan, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Endi Navro‘z bayrami arafasidagi dam olish kunlariga kelsak.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22 mart — juma (qo‘shimcha dam olish kuni);

23 mart — shanba;

24 mart — yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22 mart — juma (qo‘shimcha dam olish kuni);

24 mart — yakshanba.

Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim.