Hukumatning 2019 yil 26 fevraldagi qarori bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga ko‘chib kirishga asos bo‘lgan order asosida o‘n kunda ijara shartnomasi tuziladi.

Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib turar joyning 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara haqini to‘lash muddati shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u har oyda to‘lanadi.