O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni Dominikan Respublikasi prezidenti Danilo Medina Sanchesni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

1844 yilning 27 fevralida mustaqillik uchun kechgan urush natijasida Dominikan Respublikasi Gaitidan ajralib chiqdi va mustaqil bo‘ldi.