Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2019 yil 26 fevral kuni muqaddam bedarak yo‘qolganlardan 1 nafari topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 10 nafar shaxs ushlandi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, avval qayd qilinib, ochilmay qolgan jinoyatlardan 57 tasi ochildi.