Surxondaryo viloyatida 2018 yilning o‘zida ilgari umuman bajarilmagan 6 turdagi 22 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Inoyat Hojiyev ma’lum qildi.

Ilgari Surxondayo viloyatida yashovchi, onkologik xastalikka chalinga bemkorlar murakkab jarrohliklarni amalga oshirish uchun katta xarajat, ko‘p vaqt yo‘qotish evaziga poytaxtga kelar edi.

Bugungi kunda viloyat onkologiya dispanserida ko‘ks oralig‘i va o‘pka sohasidagi o‘smalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 2018 yilning o‘zida ilgari umuman bajarilmagan 6 turdagi 22 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 4 aprel «2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.

Respublika onkologiya ilmiy markazidan, 15 ta viloyat va shahar onkologiya dispanseridan, tumanlar va shaharlarning markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari huzuridagi 232 ta onkolog xonalaridan iborat bo‘lgan onkologik yordam berishning yagona vertikal integratsiyalashtirilgan xizmati tashkil etildi.

Onkologiya muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish hisobiga onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy standartlari tibbiyot amaliyotiga joriy etildi.