Hukumat qaroriga muvofiq «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga rais va o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

«O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Faxriddin Atoyevich Boboyevga «O‘zcharmsanoat» uyushmasining raisi vazifasini bajarish yuklandi;

Farxod Xasanovich Nurmuxamedov «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan S. Umurzoqov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan edi.