«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Navro‘z bayrami nishonlanadigan 21−24 mart kunlarida ichki reyslarga chegirmalar e’lon qildi, deya xabar berdi MAK matbuot xizmati.

Bayram chegirmalari quyidagi shaxslarga taqdim etiladi:

Yakka shaxslarga — 30 foiz;

Sayyohlar guruhi (besh kishidan ortiq), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, MV, DXX, SDQ, DBQ va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari — 40 foiz;

Oilalar (ikki kishidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bolalari; 18 yoshgacha farzandi bilan ota yoki ona) — 50 foiz;

Nafaqaxo‘rlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar — 50 foiz;

1941−1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillari orden va medallar bilan mukofotlangan shaxslar — 50 foiz;

Chernobl AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar — 50 foiz.