Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 74-o‘rta maktabning geografiya fani o‘qituvchisi dars o‘tishga xalal bergan beshinchi sinf o‘quvchisi A. I.ni qo‘lidagi tayoq bilan urib, unga shikast yetkazdi. Hodisa 18 fevral kuni taxminan 9:00 da sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, bolada yelka suyagining shikastlanishi va momataloq aniqlangan.

Sinf rahbari, maktab direktori o‘rinbosari va psixologi o‘quvchining tez-tez mashg‘ulotlarga xalal berishi va «muammolar tug‘dirishini» ma’lum qilgan.

A. I. o‘sha kuni o‘qituvchi undan uch o‘quvchini tinchlantirishni so‘ragani, keyin uning oldiga kelib, ko‘rsatkich ayoq bilan urgani, darsni o‘tishga xalal berayotganini aytganini ma’lum qildi. shifoxonada bolaning qo‘liga gips qo‘yilgan.

O‘qituvchi o‘quvchini bir marta «asta» urganini tan oldi. U A. I.ning xulqi yomon ekani, avvalroq stuliga yelim surib qo‘ygani haqida so‘zladi.

Denov Ichki ishlar bo‘limi tergovga qadar surishtiruv olib bormoqda. Bosh prokuratura ishni nazoratga olgan.