2019 yil 24 fevral kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashovchi S.E.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan va shu uyda vaqtincha yashagan fuqaro N.Ya.ning jasadi topilgan.

Yong‘in N.Ya. mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.