O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Qatarning Redco International kompaniyasi muqobil energiya manbalaridan foydalanib, mamlakatimizda energiyasi loyihalarini amalga oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kompaniya rahbari ikki tomonlama o‘zaro muloqotlar chog‘ida Sauf Rahmon Xon bu kabi muqobil loyihalar Ozarbayjon, Pokiston, Nigeriya va Qozog‘istonda ham qo‘llanilganiga ahamiyat qaratdi. Ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narxi bor-yo‘g‘i 336 so‘mni tashkil etgani mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi.

Albatta, O‘zbekiston qayta tiklanuvchan va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda arzon energiya ishlab chiqarishi aholi, investor, davlat uchun ham foydalidir.