11 fevraldan elektr energiyasi iste’moli uchun to‘lov bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan maishiy iste’molchilar muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq muddati o‘tgan to‘lovning 50 foizidan oshmagan hajmda penya to‘lamoqda. Bu haqda «O‘zbekenergo» kompaniyasi xabarida so‘z boradi.

«O‘zbekenergo"dan «Gazeta.uz"ga aniqlik kiritilishicha, ochiq ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lmagan hukumat hujjati bilan 2017 yil 1 yanvardan «alohida farmoyish» bo‘lgunga qadar penya hisoblash to‘xtatilgan.

Penya elektr energiyasini hisoblash uskunalarining 2019 yil 1 yanvardan keyingi ko‘rsatkichlar va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblar olib tashlangandan so‘ng maishiy iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorligi miqdoridan hisoblanadi. Shuningdek, hisob-kitob davrining keyingi oyi 11-sanasidan boshlab amalga oshirilgan oldindan to‘lovlar ham hisobga olinadi.