Malika Rim bint Bandar Saudiya Arabistonining AQSHdagi elchisi lavozimiga tayinlangan ilk ayol bo‘ldi. Bunga qadar u Spor bosh federatsiyasi rahbari lavozimida ishlagan, deya xabar beradi RIA Novosti.

Malika shu kunga qadar elchi sifatida ishlagan Xolid ibn Salmon esa qirol farmoni bilan mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Mudofaa vaziri uning akasi — valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmondir.

SPA agentligi xabariga ko‘ra, bu borada qirol Salmon ibn Abdulazizning farmoni e’lon qilingan. Shunday qilib, u Saudiya Arabistonining ilk ayol elchisi bo‘ldi.

Malika Rim 1983−2005 yillar orasida Vashingtondagi dipmissiyaga boshchilik qilgan shahzoda Bandarining qizidir. U AQSHda tarixiy merosni asrash yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2014 yilda Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra arab dunyosidagi eng nufuzli 200 ayol ro‘yxatiga kiritilgan.