Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy oldi-sotdisi fosh qilindi. Fuqarolar N.A., A.Z., R.D. va A.A. «Lasetti» hamda «Spark» avtomashinalari salonidagi 2 bosh sher bolalarini 6 ming AQSH dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.