Toshkent xalqaro aeroporti bojxona xizmati xodimlari tomonidan «Istamnybul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab uchib kelgan fuqaro B.G. bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada u belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ichki kiyimlari ichiga yashirilgan, olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan 100 gr qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan olib kirish me’yori 65 grammga teng bo‘lib, ushbu me’yordan ortiq qismi esa albatta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.