Oila kodeksining nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni ko‘zda tutuvchi 16-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, nikoh tuzishga nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun loyihasi muhokamalari 9 martga qadar davom etadi.