Toshkent hokimiyati Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining eski binosi buzilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni rad etdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining (hozirda Olmazor ko‘chasida joylashgan) Facebook-sahifasida binoni buzishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hozirda bu haqdagi ma’lumot sahifada mavjud emas.

«Toshkent hokimiyati va Mirzo Ulugbek Business City direksiyasi shuni rasman ma’lum qiladiki, mazkur tarixiy binoni buzish hech qachon rejalashtirilmagan», — deyiladi xabarda.

Poytaxt ma’muriyati o‘z vaqtlarini turli gap-so‘zlarni chiqarish va tarqatishga sarflamaslikka" chaqirib, haqiqiy vaziyatni (+99871) 210−01−63 raqami orqali olish mumkinligini ma’lum qildi.