Joriy yilning 20 fevral kuni Buxoro shahrining Sheyxon ko‘chasida yashovchi Sh. B. uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda Sh. B.ning birga yashagan 3 yashar qizi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Yong‘in, nazoratsiz qoldirilgan qizaloqning gugurt o‘ynaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.