2019 yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi (avval — fevral-martda edi). Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 fevraldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

2018 yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari mart-aprel oylarida rezervga bo‘shatiladi.

Avval xabar qilganimizdek, Shavkat Mirziyoyev yanvar oyi so‘ngida chaqiruv muddatlarini ko‘chirish taklifi bilan chiqqan edi. Mudofaa vazirligi avvalroq qishki vaqtlardagi chaqiruv fuqarolarning uzoq tumanlardan yig‘ish punktlariga kelishlaridagi qiyinchiliklar, chaqiruv punktlarini isitish kabi bir qator muammolarni keltirib chiqarayotganini ma’lum qilgan edi.