Toshkent shahar hokimining «2019 yilda Toshkent shahridagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta’mirlash manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning dekabriga qadar poytaxtdagi 70dan ortiq ko‘chalarida ta’mirlash ishlari bajariladi. Markaziy ko‘chalar va ichki yo‘llarning jami 35077 kvadrat metr maydoni ta’mirlanadi.

Shaharning markaziy va ichki ko‘chalari ta’mirlanishi bilan birga ularning atrofida obodonlashtirish tadbirlari ham olib boriladi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, o‘tgan yili poytaxtdagi ichki yo‘llarni ta’mirlashga 50 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan.