Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2019−2020 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi.

Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etildi.

Bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi.

2019 yilda ot sporti bo‘yicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalari o‘tkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ippoterapiya uslubi (otda yurish orqali fizioterapevtik davolash) yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinadi.