17 fevral kuni Moskva janubi-sharqida o‘zaro janjal natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga tayanib xabar qilishicha, jarohatlanganlardan biri hodisa joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.

Moskva Tergov boshqarmasi RF JK 111-modda 4-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Hodisa natijasida O‘zbekiston fuqarolari Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich (29.10.1989) va Nusratov Otabek (24.10.1987) vafot etdi.

Elchixonaning konsullik bo‘limi Rossiya mahkamalari bilan aloqa o‘rnatib, vaziyatni nazoratga olgan.

Moskva tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 17 fevral kuni Volgograd prospektidagi bino yaqinida avtomobillarni yuvish majmuasi ishchilari o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasida mushtlashuv sodir bo‘lgan.

Jinoyat sabablarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.