2019 yil 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi A.R. mast holda tanishi X.M.ning uyida o‘zaro janjal sabab X.Do‘stligi ko‘chasida yashagan Ye.B. (ismli ayol)ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, natijada ayol voqea joyida vafot etgan. A.R. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.