Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nizomga muvofiq, gimnastika maktabiga o‘quvchi-sportchilar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari bo‘yicha qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan ikki oy oldin gimnastika maktabi tomonidan tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi.

Hujjatlar har yili 1 avgustdan 10 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov har yili 20−25 avgust kunlari gimnastika maktabi binosida tashkil etiladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov har yili 20−25 avgust kunlari gimnastika maktabi binosida tashkil etiladi. Bunda, sinovlar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turi bo‘yicha alohida kunlarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlar video yozuv orqali yozib olinadi va gimnastika maktabida saqlanadi.

Sinovlar mazkur Nizomning 2−3-4−5-6−7-ilovalariga muvofiq badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari bo‘yicha nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish metodikasi va nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni baholash mezonlariga asosan o‘tkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalariga ko‘ra o‘quvchi-sportchilarning o‘tish ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, maktabga sport musobaqalarida erishgan natijalari yuqori bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar qabul qilinadi.