Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo‘yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli bo‘ldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, o‘zbek taekvondochilari umumiy hisobda 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:

Oltin medal:

-74 kg: Nikita Rafalovich

-87 kg: Davron Azimov

-49 kg: Madina Mannopova

-67 kg: Nigora Tursunqulova

+73 kg: Svetlana Osipova

-48 kg: Amirbek To‘rayev — (o‘smirlar o‘rtasida)

Kumush medal:

-54 kg: Bahrom Abdullayev

Bronza medali:

-54 kg: Valentin Xegay

-57 kg: Zariya Kasimova

-80 kg: Shuhrat Salayev.

Avvalroq, Antaliyadagi «President's Cup European region» reyting turnirida Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) shohsupaga ko‘tarilgandilar. O‘zbekistonlik sportchilar ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko‘ra 12 ta medalga ega chiqdi.