Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatga olishni Davlat xizmatlari agentligiga topshiradi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Yangi avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini olish uchun Toshkentdagi istalgan 11 ta “yagona darcha"dan biriga murojaat qilish mumkin.

Transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (avtomototransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish) hozircha YHXB ixtiyorida qoladi, biroq yaqin vaqtlarda IT-infratuzilmalar ustida olib borilayotgan ishlar yakuniga yetishi bilan u ham Davlat xizmatlari agentligiga beriladi, deya qayd etdi IIBB.