Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi O‘ktam Elmirzayev 2002 yildan 2015 yilgacha farzandi uchun to‘lashi zarur bo‘lgan alimentni yetkazib bermagan.natijada uning qarzi qariyb 38 million so‘mga yetgan. Bu haqda «Qashqadar» gazetasi saytida xabar berildi.

Shunga asosan O‘ktam Elmirzayev Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan sudlandi va Gulnora Toshpo‘latova foydasiga 37 million 886 ming so‘mlik aliment pullari undirib berilishi ta’minlandi.