2017 yil yozidan buyon buzilishi to‘g‘risida gap-so‘zlar yurgan Toshkentning Amir Temur ko‘chasidagi 45-uyning tarixiy qiymati maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakili G‘iyosiddin Rajabov shanba kuni «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Olti kishidan iborat komissiya dushanba kuni ekspirta ishlarini boshladi. Uning tarkibidan Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Badiiy akademiya, O‘zFA San’atshunoslik instituti va Madaniyat vazirligining Madaniy yodgorliklar departamenti vakillari o‘rin olgan.

Binoning tarixiy ahamiyati bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasi Madaniyat vazirligining Ilmiy ekspertiza kengashiga taqdim etilganidan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi.

G‘iyosiddin Rajabov prezidentning dekabrdagi qaroriga ko‘ra, arxitektura yodgorliklarini buzish endilikda faqatgi Ilmiy ekspertiza ruxsati bilan amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

45-uy 1927 yilda qurilgan. Ushbu uyda istiqomat qiluvchilar uni arxitektura yodgorligi deb hisoblaydi va uning buzilishiga qarshilik bildirmoqda.