O‘zbekistonlik aralash janglar bilan shug‘ullanuvchi sportchi Zarrux Adashev Bellator 215 turniri doirasida oktagonga chiqdi. Bu haqda olamsport.com xabar berdi.

Mazkur bahsda Zarruxga kolumbiyalik Ron Leon raqiblik qildi. Jang to‘liq davom etdi. Zarrux bahsda katta tashabbusga ega bo‘ldi va yakunda ochkolar hisobiga g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Zarruh Adashev 1992 yilning 29 iyulida Samarqand shahrida tavallud topgan. Bugungi kunda Bruklin shahrida mashg‘ulotlar olib boradi. Bungacha u kikboks bo‘yicha «Glory» ligasida janglar o‘tkazib kelayotgandi.