Ayni paytda O‘zbekistonda shakarqamish yoki qandlavlagidan olinadigan shakardan 150 barobar shirinroq shakar chiqadigan steviya o‘simligi yetishtirilyapti. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur o‘simlik O‘zbekistonga havaskor botaniklar tomonidan olib kelinganidan so‘ng, 2014 yili uni ko‘paytirish maqsadida maxsus xo‘jalik tashkil etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, steviya damlamasidan olinadigan steviozid moddasi shakardan 150 barobar shirin. Steviozidni qayta ishlash natijasida olinadigan rebadiozid moddasi esa 300 barobargacha totli ekan.

Dastlab, mazkur o‘simlikning 6 ming tupi keltirilib qadalgan bo‘lsa, ayni paytda 5 gektar maydonda 600 ming tup ko‘chat parvarishlanmoqda. Bu 300 tonna shakar, deganidir.