2019 yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvarga qadar quyidagilardan ozod etildi:

«O‘zbekenergo» AJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlaridan;

elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan.