Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi holat fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Navoiy» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu postga «MAN» rusumli avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan fuqaro N.N. og‘zaki so‘rovdan so‘ng, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, shaxsiy ko‘rik jarayonida fuqaro kurtkasining ichki cho‘ntagidan va hamyoni ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 9 800 AQSH dollari hamda 15 200 qozoq tengesini yashirin tarzda olib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.