Amir Temur ko‘chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya o‘rnatildi. Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko‘rinishi uchun yorug‘lik diodli yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha chiroqlar joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, bunday konstruksiya respublikamizda hususan, Toshkent shahrida ilk bor tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.