Kecha Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Unda «Binokor» xokkey klubi menejeri Iskandar Qosimovich Shodiyev federatsiya raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shuningdek, bugun federatsiya rahbariyatining yangi tarkibi ham tasdiqlandi.

Demak, konferensiyadan so‘ng yangi rahbariyat tarkibi quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

Rais: Baxtiyor Shuhratovich Fozilov;

Raisning birinchi o‘rinbosari: Bahodir Ismoilovich G‘afurov;

Rais o‘rinbosari: Iskandar Qosimovich Shodiyev;

Rais o‘rinbosari: Kirill Alekseyevich Matveyev;

Bosh kotib: Shukrullo Hamidullayevich Karimov;

Ijrochi direktor: Elbek Azimovich Mahmudov.