O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilda so‘m kursini qo‘llab-quvvatlashga 3,8 mlrd dollar miqdoridagi valyuta intervensiyasini amalga oshirdi, deyiladi MBning pul-kredit siyosati tahlilida.

Avvalroq Markaziy bank raisi o‘rinbosari Timur Ishmetov o‘tgan yili valyutaga bo‘lgan talab bozor va eksportyorlar hisobidan qoplangani oltin-valyuta zaxiralaridan ushbu maqsadlarda foydalanish 53 foizdan 37 foizgacha qisqarishiga olib kelganini ma’lum qilgan edi. Jumladan, Markaziy bank mablag‘laridan ushbu maqsadlarga 3,2 mlrd dollar ajratilgan.

MB ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018 yilda xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab 2017-yilga nisbatan 1,5 barobarga ortib, 10,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

Intervensiyalardan tashqari, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, eksportdan (14,3 mlrd dollar) tushumlar va xalqaro pul o‘tkazmalari (5,1 mlrd dollar) hisobiga ham qoplanmoqda.

“Tashqi valyuta oqimlarining yetarlicha hajmlari ayirboshlash kursining keskin tebranishlariga barham berishga imkon tug‘dirdi”, — deyiladi tahlilda.