O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, olim va shoir, shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Hindiston, Bangladesh, Qirg‘iziston davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, O‘zbekistonda va xorijda faoliyat olib borayotgan boburshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va boshqalar mamlakatimizda buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ijodiy merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.