Yevrobondlarning debyut joylashtirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotini ikki o‘n yillikdan ziyodroq vaqt davomidagi izolyatsiyadan so‘ng chet el investitsiyalari uchun ochmoqda, deb yozdi Bloomberg.

Payshanba kuni O‘zbekiston besh yillik 500 mln dollarlik va o‘n yillik 500 mln dollarlik yevrobondlarni joylashtirdi. Dastavval kuponlar 5,625−5,75 va va 6 foiz diapazonda belgilandi, biroq talab oshganidan so‘ng foiz stavkalari pasaytirildi.

Foiz stavkalarining tushirilishi xaridorlar tomonidan talab juda yuqori bo‘lgani bilan asoslandi. Dastlabki savdolar vaqtida 1 mlrd dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirish rejalashtirilayotgan bir vaqtda ularga bo‘lgan talab 8,5 mlrd dollardan oshgan.

Suveren obligatsiyalarning joylashtirilishi O‘zbekiston uchun muhim davr bo‘lib, keyinchalik mamlakatning yetakchi korxonalari tomonidan korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi uchun mo‘ljalga (benchmark) aylanishi lozim, deb yozadi agentlik.

Joriy yilda rivojlanayotgan mamlakatlar emitentlarining qarz bozoriga chiqishga urinishi munosabati bilan O‘zbekistonning yevrobondlarni joylashtirishi 2017 yilda qo‘shni Tojikistonning davlat obligatsiyalarini muvaffaqiyatli sotganini esga soladi, deya qayd etadi Bloomberg.

«Tojikiston investorlar uchun mamlakatning joylashgan o‘rnini tanishtirish zarur bo‘lgan edi, O‘zbekiston esa valyuta nazoratini bekor qilish, safar qilishga cheklovlarning kuchsizlantirish va kommunizm davri tugaganidan so‘ng barcha Sobiq Ittifoq mamlakatlarida sodir bo‘lgani kabi iqtisodiy qayta o‘zgarishlarni qayta yo‘lga qo‘yish kabi urinishlarining keng reklama qilinganidan so‘ng mashhurroq bo‘ldi», — deyiladi maqolada.

Kiprdagi FFF Asset Management bosh treyderi Roman Bernatskiy so‘zlariga ko‘ra, «hayajonli talab avtomat ravishda Tojikiston debyutini esga soladi».

«Ehtimol bu sarob bo‘lishi ham mumkin: birinchi kunlari qog‘ozlar nominaldan 101 foiz yoki undan yuqori bo‘lishi, keyin esa buning qimmat ekani tushunilib, nominal narxlardan ancha pastga tushishi ham mumkin», — dedi u.

2017 yil sentyabrda qoplanishi belgilangan Tojikiston obligatsiyalari S&P reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston yevrobondlaridan pastroq reyting olgan bo‘lib, savdolar boshlangan vaqtdan 0,3 foizlik darajaga qaytdi. Bu vaqtda rivojlanayotgan bozorlar uchun o‘rtacha ko‘rsatkich 0,4 foizni tashkil etadi.

PineBridge Investments mutaxassisi Anders Fayergemann so‘zlariga ko‘ra, investorlarni jalb etishga qaratilgan qadamlardan keyin ham O‘zbekiston hali ko‘p choralarni amalga oshirishi lozim.

«Axborot va ma’lumotlarni tasdiqlashni istardim, ammo hozircha ingliz tilidagi ichki ma’lumotlarda shaffoflik yetishmayapti», — dedi u.