13 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiya raisiga birinchi o‘rinbosar saylashdan iborat edi. Shu munosabat bilan mazkur lavozimga «Binokor» xokkey klubi menejeri Iskandar Qosimovich Shodiyev nomzodi ilgari surildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiya raisiga birinchi o‘rinbosar saylashdan iborat edi. Shu munosabat bilan mazkur lavozimga «Binokor» xokkey klubi menejeri Iskandar Qosimovich Shodiyev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar. Shu tariqa, Iskandar Shodiyev O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.