Hozirgi kunda Adliya vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti o‘rganilmoqda. Bu haqda vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Shunga ko‘ra quyidagi masalalar bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalaringizni joriy yilning 20 fevraliga qadar telegrammdagi @qonunchilikbot boti orqali yuborishingizni so‘raymiz:

tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati;

vaksinatsiyalash;

order berish;

protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash;

mehnatga layoqatsizlik varaqalari rasmiylashtiruvi;

koykalar fondi.

Yuborilgan takliflardan sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishda foydalaniladi.