«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi poyezdlar chiptalari narxi 1 martdan 20 foizga oshishini ma’lum qildi.

Afrosiyob tezyurar poyezdi chiptalari narxi o‘zgarishsiz qoldi (Afrosiyob chiptalari narxi noyabrda oshirilgan edi).

Tariflar sarflab kelinayotgan elektr energiyasi, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha xarajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to‘lash maqsadlarida oshirilgani qayd etildi.