Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo bo‘yicha «President's Cup European region» reyting turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Turnirda -74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lub etib finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. -54 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Valentin Xegay esa bronza medali sohibiga aylandi.

Turnir davom etmoqda.