Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish holatlarining oldini olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, tezkor tadbir davomida poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi xususiy korxona ko‘zdan kechirilganda, omborxonadagi 6561 kilogramm alyuminiyni tashkilot rahbari I.F. tomonidan belgilangan tartibda tovar xomashyo birjasidan olmasdan, aksincha, aholidan 1 litrlik obdasta hamda 5,8,22 va 40 litrlik qozonlarni sotib olib to‘plab qo‘yganligi aniqlandi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati salkam 22 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda